Musobaqalarning oxirgi kunida, Toshkentda o'tkazilayotgan, jamoaviy dastur bo'yicha medallar egasi aniqlandi.
Bizning vatandoshlarimiz Fransiya vakillarini 3:1 hisobida mag'lub etib, oltin medalni qo'lga kiritdilar.
O'zbekiston erkaklar terma jamoasi, Mo'g'uliston jamoasiga 2:3 hisobida yutqazib, kumush medalga sazovor bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, yakkalik dasturda qatnashgan o'zbekistonlik harbiy xizmatchilar beshta oltin, beshta kumush va uchta bronza medal bilan birinchi o'rinni egalladilar.