O'zbekistonlik Xavasbek Asadullayev va qozog'istonlik bokschi Ablayxon Jusupov o'rtasidagi jang 71 kilogramm vazn toifasida 11 dekabrda Tailandda Osiyo chempionatida bo'lib o'tdi. Ushbu bahsda o'zbek sportchisi g'alaba qozondi.
Biroq, keyinchalik Qozog'iston boks federatsiyasi jang natijalarini protest qildi, chunki Asadullayev jang davomida raqibining yelkasidan tishlagan.
Osiyo boks konfederatsiyasi o'zbek bokschisinin harakati jiddiy qonunbuzarlik deb tan oldi va uni diskvalifikatsiya qildi.
Qoidalarga ko'ra, agar bokschi har qanday sabablarga ko'ra diskvalifikatsiya qilinsa, uning raqibi jangning g'olibi deb e'lon qilinadi. Shunday qilib, oltin medal Qozog'istonlik bokschi Ablayxon Jusupovga o'tdi.
Eslatib o'tamiz, Tailandda bo'lib o'tgan Osiyo boks chempionatida O'zbekiston erkaklar terma jamoasi medallar reytingida birinchi o'rinni egalladi.