Hukumatning "Davlat tomonidan tartibga solinadigan va bozor tamoyillari asosida taqdim etiladigan temir yo'l transporti xizmatlari ro'yxatini tasdiqlash to'g'risida" qarori qabul qilindi.
Yangi hujjatga muvofiq, yo'lovchilar uchun safar davomida bepul choy, shakar va ichimlik suvi taqdim etiladi.
Bundan tashqari, aravachalar, ona va bola uchun xonalar, shuningdek, nogironlar aravachalaridan bepul foydalanish imkoniyati mavjud. Yo'lovchilar kutish zalida bepul Wi-Fi'dan ham foydalanishlari mumkin.