Milliy ijtimoiy himoya agentligi matbuot xizmati xabar berishicha, sovg'alar mehribonlik uylaridagi o'g'il va qizlar, vasiylikdan mahrum bo'lgan bolalar, shuningdek, xizmat vazifasini bajarayotganda halok bo'lgan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining bolalariga mo'ljallangan.
Har bir bolaga 12 ta maktab anjomlari va 15 turdagi shirinliklardan iborat to'plam taqdim etiladi. Ushbu tadbir maxsus e'tiborga muhtoj bolalarga yordam berish va bayramona kayfiyat yaratishga qaratilgan.