Isitish tizimi yashash va ijtimoiy ob'ektlarga taqdim etiladi.
Toshkentda isitish tizimini yoqish rejalari haqida poytaxt hokimiyati hozircha ma'lum qilmagan. Buning uchun o'rtacha sutkalik havoning harorati qonunchilikka ko'ra, besh kun davomida sakkiz darajadan past bo'lishi kerak.
Shuni ta'kidlash joizki, sinoptiklar noyabr oyining birinchi yarmida O'zbekistonda yetarlicha iliq bo'lishini va'da qilishdi.
Eslatib o'tamiz, Toshkentda yashovchilar va kompaniyalar uchun yangi issiq suv va isitish tariflari tasdiqlandi. Ular 2024 yil 15-noyabrdan kuchga kiradi. Toshkentdagi issiqlik ta'minoti operatori bo'lgan Veolia Energy Tashkent kompaniyasi eski narxlarda bir yil oldindan to'lov qilish imkoniyati mavjudligini ma'lum qildi.