Sog'liqni saqlash vazirligining ma'lumotlariga ko'ra, markazlashtirilgan laboratoriyalarni tashkil etish uchun pilot hududlar sifatida Nukus, Sirdaryo viloyatining Bayaut tumani va Toshkentning Yashnobod tumani tanlangan.
Poliklinikalarda aholidan biomateriallarni qabul qilish punktlari tashkil etiladi. Maxsus transportda markazlashtirilgan laboratoriyalarga yetkazilgan tahlillar yuqori sifatli uskunalarda amalga oshiriladi.
Natijalar elektron axborot tizimi orqali poliklinikalarga qaytariladi va avtomatik ravishda bemorning elektron kartasiga kiritiladi. Ushbu tizim orqali boshqa ixtisoslashgan tibbiyot klinikalarida davolanish zarur bo'lganda tahlil natijalarini olish mumkin bo'ladi.
Markazlashtirilgan laboratoriyalar xizmatlari shifokor yo'llanmasi asosida kafolatlangan tibbiy sug'urta paketi doirasida taqdim etiladi. Xarajatlarni Davlat tibbiy sug'urta fondi qoplaydi.
Eslatib o'tamiz, ilgari O'zbekistonda ambulator davolashda dorilarni bepul berish tartibi tasdiqlangan edi. Shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retseptlar SMS orqali yuboriladi.