Ish faoliyatining natijalarini umumlashtirar ekan, davlat rahbari sayyohlik sohasida amalga oshirilgan ishlar uchun tadbirkorlarning 6,5 trillion so'm miqdoridagi investitsiyalari tufayli 24 ming o'rinli mehmonxonalar foydalanishga topshirilganini ta'kidladi.
Kelgusi yilda mehmon o'rinlari soni yana 30 mingga oshishi kutilmoqda. Buning uchun tadbirkorlar 10 trillion so'm investitsiya kiritishga tayyor.
Shuningdek, bu yilda ishga tushirilgan 17 ta yirik savdo-turizm markaziga yana 25 ta shunday kompleks qo'shiladi.
Eslatib o'tamiz, Bostanliq tumanida joylashgan Xalqaro turizm markazi Eminal Agalarovning Sea Breeze Uzbekistan loyihasining qiymati 10 milliard dollarni tashkil etadi.