Italiyaning tarixiy va ilmiy-populyar adabiyotga ixtisoslashgan yetakchi nashriyatlardan biri, Sandro Teti Editore, birinchi marta Zahiriddin Muhammad Bobur asari «Boburnoma»ni italyan tilida ommaviy nashr qilib chiqardi.
Kitobni italyan tilida nashr etish jarayonida nashriyot rahbari Sandro Teti boshchiligida malakali tarjimonlar, muharrirlar va dizaynerlardan iborat katta jamoa ishtirok etdi.
Tanqidchi va yozuvchi Franko Kardini tomonidan yozilgan kirish qismida Bobur «so'z san'atiga oshufta buyuk hukmdor yoki imperiyasini sevgan buyuk yozuvchi» sifatida tasvirlanadi. Tarjimon Federiko Pastore esa o'z sharhida «Boburnoma»ni «islam sivilizatsiyasiga xos avto-biografik asar sifatida, o'z davrining kundalik hayotini tiklashga imkon beruvchi birinchi haqiqiy misol» deb ta'kidlaydi.