Sergeli va Yashnobod tumanlaridagi yer usti metroning ustida 2700 ta avtoturargoh joylari tashkil etish rejalashtirilmoqda, ma'lum qilmoqda Toshkent metropoliteni harakat xizmati rahbari Sultan Qodirov.
Yashnobod tumanida 2,9 ga maydonda 1200 ta avtoturargoh joyi, Sergeli tumanida esa 3,37 ga maydonda 1500 ta avtoturargoh joyi tashkil etiladi. Avtoturargohlar qurilishi natijasida poytaxtda 1700 ta yangi ish o'rinlari paydo bo'ladi.
2020 yil sentyabrida Yashnobod tumanidagi yer usti metro hududini obodonlashtirish rejalashtirilgani, u yerda kafe, restoran va do'konlar ochilishi ma'lum bo'lgan edi. Metro liniyasi bo'ylab joylashgan ko'chani kengaytirish, piyodalar yurish zonasini yaratish, avtomobillar uchun parallel avtoturargoh va velosiped yo'llarini tashkil etish rejalashtirilgan edi.